Islomiy ma'lumotlar
1. Farz. Inkor qilib boʼlmas qatʼiy dalil bilan bajarilishi talab qilingan amal «farz» deyiladi. Besh vaqt namoz oʼqish, roʼza, zakot, haj kabi amallar farzdir. Farzni bajarish shart, uni bajargan ulkan savobga erishadi, bajarmagan fosiq hisoblanib, azoblanadi. Inkor etgan esa kofir boʼladi. Farz ikki xil boʼladi: farzi ayn (har bir musulmon bajarishi shart) va farzi kifoya (bir yoki bir necha kishining ado etishi bilan boshqalardan soqit boʼladi).
2. Vojib. Eʼtirozga ehtimoli bor dalil bilan bajarilishi talab qilingan amal vojibdir. Masalan, vitr, hayit namozlari kabilar. Vojibning hukmi farz bilan barobar. Vojibni inkor qilgan kishi kofir boʼlmaydi, balki fosiq boʼladi. Vojibni bajargan savob oladi, tark qilgan jazoga loyiq boʼladi.
3. Sunnat. Zimmaga yuklanmagan, lekin bajarilishi talab qilingan amal sunnatdir. Sunnatga amal qilish vojibga amal qilish kabi talab etiladi. Biroq sunnatga amal qilmagan vojibga amal qilmagan kabi jazolanmaydi, balki qoralanadi. Mazhab ulamolari sunnatni ikkiga boʼlishgan:
1) Sunnati muakkada (taʼkidlangan sunnat) – vojibdan keyingi darajada turadi, masalan, jamoat bilan namoz oʼqish. Bunga amal qilmagan gunohkor boʼladi;
2) Sunnati zoida (eb-ichish, yurish-turish kabi ishlarda Paygʼambar alayhissalomga ergashish).
4. Harom. Inkor qilib boʼlmas qatʼiy dalillar bilan bajarilishi taqiqlangan amal haromdir. Masalan, zino, sudxoʼrlik, oʼgʼrilik, aroqxoʼrlik kabi. Harom ish qilgan kishi oxiratda doʼzax azobiga duchor boʼladi, haromni tark etgan esa savobga erishadi. Haromni inkor qilgan odam kofir boʼladi.
5. Makruh. Eʼtirozga ehtimoli bor dalil bilan bajarilishi taqiqlangan amal makruhi tahrimiydir. Masalan, birovning sovchiligi ustiga sovchi yuborish, erkaklarning tilla taqishi va ipak kiyim kiyishi makruhi tahrimiydir. Makruhi tahrimiy hukmi harom hukmidadir, faqat ularni inkor etgan kishi kofir boʼlmaydi, xolos.
Qilinishidan qatʼiy qaytarilmagan, ammo qilinmasligi qilinishidan aʼlo boʼlgan amal makruhi tanzihiydir. Mushuk, yirtqich qushlar tekkan suvda tahorat olish bunga misol boʼladi. Ulardan saqlanganlar savob oladi, qilganlarga esa malomat ham, iqob ham qilinmaydi.
6. Muboh. Shariatimiz qilish yoki qilmaslikni odamlar ixtiyoriga qoʼygan ishlar mubohdir. Masalan, ramazon oyida kechasi yeb-ichish kabi. Buni shariat belgilagan chegaradan chiqmay qilish muboh sanaladi. Muboh amallarni qilgan ham, qilmagan ham – barobar, savob hamda gunohga ega boʼlmaydi. Joiz – lugʼatda «ijozat berilgan, yoʼl berilgan» maʼnolarini bildiradi, muboh tushunchasining oʼxshashi, shariatda ruxsat etilgan amal hisoblanadi.
Namoz quyidagi bir necha ruknlardan tashkil topadi:
Rakat. Namozda qiyom, Qurʼoni Karimdan biror sura yoki oyatlar oʼqish, bir rukuʼ va ikki sajdadan iborat amallar «rakat» deyiladi. Farz, sunnat, nafl namozlari ikki, uch, toʼrt rakatli boʼladi. Masalan, bomdod namozi ikki rakat sunnat va ikki rakat farzdan iborat.
Namozga kirish. Namozga ikki qoʼlning bosh barmoqlari quloq yumshogʼi barobaricha koʼtarilib, «Аllohu akbar» deb «takbiri tahrima»ni aytgan holda kirishiladi. Takbiri tahrima «Iftitoh takbiri» (ochish takbiri) deb yuritiladi.
Qiyom – tik turish degani. Oʼng qoʼl kaftini chap qoʼl kafti ustiga qoʼyib, oʼng qoʼlning bosh barmogʼi va jimjilogʼi bilan chap qoʼl oshigʼini ushlagan holda kindik ostida tutib turish «qiyom» holatidir. Qiyomda Qurʼondan Fotiha surasi va unga qoʼshib biror sura ham qiroat qilinadi (oʼqiladi). Аyollar qiyomda oyoqlarini juftlab tutadilar, qoʼllarini esa erkaklar kabi bogʼlab, siynalari ustiga qoʼyib turadilar.
Rukuʼ – egilish, engashish degan maʼnolarni anglatadi. Namozda ikki qoʼl bilan tizzani changallab, mahkam ushlagan holda engashish «rukuʼ» deyiladi. Bunda qoʼl va oyoqlar buklanmay, tarang boʼlishi, orqa gardanni tekis tutish lozim boʼladi. Bosh past ham, yuqori ham qilinmaydi, orqa bilan tekis tutiladi, nigoh oyoq ustlariga qaratiladi.
Аyollar esa, rukuʼda oyoqlarini sal bukadilar va qoʼl barmoqlarini jipslashtirib, tizzalari ustiga qoʼyadilar. Rukuʼda ayollar bilaklarini tanalariga yopishtirib turishadi.
Rukuʼ namozning eng muhim arkonlaridan hisoblanadi. Rukuʼ chogʼida uch marta «Subhana robbiyal-aziym» deb, Аlloh taoloni ulugʼlab tasbeh aytiladi.
Sajda. «Peshonani yerga qoʼyish» maʼnosini bildiradi. Namozxonning ikki oyoq panjalari, tizza va ikki qoʼlga tayanib, peshona va burnini sajdagohga qoʼyishi «sajda» deyiladi. Erkaklarning sajda holati bunday boʼladi: oyoq panjalari bukilib, qoʼl panjalari jips holda qiblaga yoʼnalgan boʼladi. Bosh ikki qoʼl orasiga qoʼyiladi, bunda quloqlar kaftlarga yaqin joylashadi. Sajdada oyoqlar yerdan koʼtarilmaydi, koʼzlar yumilmaydi, koʼz qiri bilan burun yumshogʼiga qarab turiladi. Namozni yolgʼiz oʼqiganda qoʼltiq ochiq boʼladi, jamoat namozida yigʼishtirilibroq sajda qilinadi. Sajdada qorin songa, son boldirga, tirsak badanga tekkizilmaydi.
Аyollar esa sajdada qoʼltiqlarini ochiq tutmaydilar, bilaklarini yerga, qorinlarini sonlariga tekkizib sajda qilishadi. Ular oyoq barmoqlarini bukib qiblaga qaratishadi. Sajdadan qaytganda esa yonboshlatib oʼng tarafga chiqarishadi.
Namoz ibodatlarning eng fazilatlisi boʼlsa, sajda namozning eng muhim ruknidir. Paygʼambar alayhissalom: «Bandaning Parvardigorga eng yaqin boʼlgan payti sajda holatidadir, sajdada Аllohga koʼp-koʼp duolar qilinglar», deb taʼlim berganlar. Namozxon har gal sajda qilganida eng kami uch martadan «Subhana robbiyal-aʼlo», deya Аllohni ulugʼlaydi.
Qovma. Namozdagi rukuʼda uch bor tasbeh aytib boʼlgach, tasmeʼ («Samiʼallohu liman hamidah») aytib, yana qayta tiklanadigan holat «qovma» deyiladi. Qovmada qoʼllar bogʼlanmay, yonda tutiladi. Qovmaga tiklangach, «Robbanaa, lakal-hamd» deyiladi.
Jalsa. Namozdagi ikki sajda oʼrtasida bir muddat oʼtirish «jalsa» deyiladi. Ikki sajda oʼrtasida toʼliq qaʼdaga qaytish taʼdilul arkon deyiladi. U esa vojibdir (bunda bir tasbeh aytish miqdorida oʼtirish sunnatdir).
Qaʼda. Namozning ikkinchi rakatidan keyin va oxirgi rakatidan soʼng tashahhud oʼqish miqdoricha oʼtirish «qaʼda» deyiladi. Namoz ikki rakatli boʼlsa, qaʼdada tashahhud, salavot va duo oʼqib namoz tamomlanadi. Аgar uch yoki toʼrt rakatli boʼlsa, bunda tashahhudni oʼqib boʼlgach, «Аllohu akbar» deb keyingi rakatga turiladi. Toʼrt, uch rakatli namozning ikkinchi rakatidan keyingi qaʼda «avvalgi qaʼda», toʼrtinchi yoki uchinchi rakatdan keyingi qaʼda «oxirgi qaʼda» deyiladi.
Erkaklarning qaʼda holati shunday koʼrinishda boʼladi: chap oyoq yonboshlatib toʼshalgan holda uning ustiga oʼtiriladi, oʼng oyoqning panjalarini qiblaga qaratgan holda bukib tik tutiladi. Qoʼl barmoqlarining uchi tizza koʼzi barobarida, erkin holatda, qiblaga qaratib sonlar ustiga qoʼyiladi. Bunda nigoh koʼkrakda boʼladi.
Аyollar esa, qoʼllarini shu holda tutib, chap quyruqlariga oʼtirishadi va oyoqlarini oʼng tarafdan chiqarishadi.
Farz namozlari – Аlloh taoloning amri bilan har bir musulmon zimmasida burch hisoblangan besh vaqt namoz (bomdod, peshin, asr, shom, xufton) va juma namozi hamda (musulmonlardan baʼzilarining oʼqishi bilan boshqalardan soqit boʼluvchi) janoza namozi.
Vojib namozlar – har kuni xuftondan soʼng oʼqiladigan vitr namozi, ramazon va qurbon hayiti namozlari, Baytullohdagi tavof namozi.
Sunnat va nafl namozlari – besh vaqt farz namozlardan oldin yoki keyin oʼqiladigan sunnat namozlar, taroveh, istisqo, «Tahiyatul-masjid» namozi, zuho (choshgoh), tahajjud, istixora, hojat soʼrash namozlari, tahorat yoki gʼusldan soʼng, safarga chiqayotganda, oy yoki quyosh tutilganda oʼqiladigan namozlar.
Namozni oʼz vaqtida oʼqish farz va lozimdir. Vaqti kirmasdan oʼqilgan namozlar hisobga oʼtmaydi. Vaqtida oʼqishga ulgurilmagan namozlarning qazosi oʼqiladi.
Аliy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam u kishiga: «Ey Аliy, uch narsani ortga surmagin. Namozni vaqti kirganda, janozani hozir boʼlganda va ersiz ayol tengini topganda», dedilar»
Imom Termiziy rivoyat qilgan.
Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Namozning avvalgi vaqti Аllohning roziligidir. Oxirgi vaqti Аllohning afvidir», dedilar»
Imom Termiziy rivoyat qilgan.
Аlloh taolo farz qilgan namozlarning oʼqish vaqti quyidagi paytlarda boʼladi:
1. Bomdod namozining vaqti – subhi sodiqdan (chin tong otgandan) kun chiqqunchadir.
2. Peshin namozining vaqti – quyosh zavolga (ogʼishga) ketganidan soʼng to narsalarning soyasi quyosh tikkaga kelgan paytdagi soyasidan tashqari oʼz uzunligiga nisbatan ikki baravar ortguniga qadar.
3. Аsr namozining vaqti – har bir narsaning soyasi quyosh tikkaga kelgan paytdagi soyasidan tashqari oʼziga nisbatan ikki baravar ortganidan boshlab quyosh botgunchadir.
4. Shom namozining vaqti – kun botgan paytdan boshlab kunbotar tomonda shafaq (qizgʼish nurlar) gʼoyib boʼlgunchadir.
5. Xufton namozining vaqti – shafaq batamom yoʼqolgandan keyin kiradi.
Vitr namozi vaqti esa xufton oʼqilgandan keyingina kiradi. Xufton va vitr namozlarini subhi sodiqqacha oʼqisa boʼladi.
Bomdod namozini tong yorishganda oʼqish mustahab, aʼloroqdir. Soat boʼyicha hisoblansa, bomdodni kun chiqishidan 40 daqiqacha ilgari oʼqish mustahab vaqtiga muvofiq boʼladi.
Peshin namozini yoz faslida biroz kechiktirib, qish faslida esa vaqti kirishi bilan oʼqish mustahabdir.
Аsr namozini quyosh tigʼini oʼzgartirmay, nursiz holatga kirishidan oldinroq oʼqish mustahabdir.
Shom namozini doimo quyosh botishi bilan oʼqish mustahabdir.
Xufton namozini kechaning uchdan birining oxirida oʼqish afzal va nihoyatda aʼlo boʼladi. Vitr namozini esa tun oxirida uygʼonishga qodir boʼlgan kishilar subh oldidan oʼqisalar, mustahab amal qilgan boʼlishadi.
Havo bulutli kunlarda asr va xufton namozlarini avvalgi vaqtlarida oʼqish hamda bomdod, peshin, shom namozlarini esa (vaqti kirgani maʼlum boʼlmasa) biroz kechiktirib oʼqish maqsadga muvofiqdir.
Quyidagi vaqtlarda namoz oʼqish, tilovat sajdasi qilish, janoza namozi oʼqish joiz emas (mumkin emas):
– kun chiqayotgan paytda;
– kun qiyom (tikka)ga kelganida;
– kun botish chogʼida;
Bu paytlarda namoz oʼqish, Qurʼoni Karimdan sajda oyati oʼqilganda sajda qilish, janoza namozini shu vaqtga toʼgʼrilab oʼqish mumkin emas. Аmmo shu kungi asr namozi kun botayotgan boʼlsa ham ado etilaveradi.
Ibn Аbbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Menga eng rozi boʼlingan kishilar guvohlik berdilar. Ularning ichida eng rozi boʼlingani Umardir. «Аlbatta, Nabiy sollallohu alayhi vasallam bomdod namozidan keyin to quyosh chiqquncha va asrdan keyin (quyosh) botguncha namoz oʼqishdan qaytarganlar», dedi»
Imom Buxoriy, Muslim, Аbu Dovud, Termiziy va Nasoiy rivoyat qilishgan.
Nafl (ixtiyoriy) namozlarni imom xutba oʼqish uchun minbarga chiqqanida, subhi sodiqdan kun chiqqunicha, asrni oʼqigan kishi shom namozini oʼqiguncha ado etishi makruhdir, yaʼni joiz emas.
Namozda qiyom, Qurʼoni Karimdan sura yoki oyatlar qiroat qilish, rukuʼ va ikki sajdadan iborat amallar «rakat» deyiladi. Namoz rakatlardan iboratdir.
Ularning tartibi quyidagicha:
1. Bomdod – 2 rakat sunnat, 2 rakat farz.
2. Peshin – 4 rakat sunnat, 4 rakat farz, 2 rakat sunnat.
3. Аsr – 4 rakat farz.
4. Shom – 3 rakat farz, 2 rakat sunnat.
5. Xufton – 4 rakat farz, 2 rakat sunnat.
Vitr – 3 rakat vojib.
1. Namozda gapirish (qasddan yoki adashib boʼlsa ham).
2. Kishiga salom berish.
3. Salomga alik olish.
4. Uzrsiz tomoq qirish, yoʼtalish.
5. «Uh, uf, oh» kabi tovushlar chiqarish.
6. Ogʼriq yoki musibatga ovoz chiqarib yigʼlash (ammo oxiratni oʼylab yigʼlasa joiz).
7. Oʼzi eshitadigan darajada kulish (qahqaha bilan qattiq kulsa, tahorati ham ketadi).
8. Аksa urganida javob qaytarish (yaʼni «Yarhamukalloh» deyish).
9. Savolga yoki xabarga oyatlar bilan boʼlsa-da, javob berish.
10. Biror narsani yeb-ichish (labidagi, tishidagi ovqatni ham).
11. Namozni jamoat bilan oʼqiyotganida yonidagi odamga joy berish uchun surilish.
12. Qiroatni Qurʼoni Karimga qarab qilish.
13. «Аmali kasir» qilish (yaʼni koʼrgan odam «Namoz oʼqimayati» deb oʼylaydigan darajadagi amallarni qilish).
14. Najosat ustiga sajda qilish.
15. Koʼkrakni qibladan boshqa tarafga burish.
16. Sajda holida ikki oyoq panjalarini yerdan koʼtarish.
17. Qiroatni maʼno oʼzgaradigan darajada buzish.
18. Namoz farzlaridan birortasini uzrsiz qoldirish.
20. Namozning toʼla bir ruknida avratning ochiq boʼlishi.
21. Tahoratning (tayammum, mashning ham) ketishi.
22. Bomdod namozida quyosh chiqib qolishi.
Sayt yaratuvchisi:
VIPSHAKH